Pepsi Music Fest tufayli Toshkent markazidagi yo‘llar yopiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
6–8-sentabr kunlari
Rasm: Popularimages / depositphotos.com

6–8-sentabr kunlari Pepsi Music Fest konserti munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Hyatt mehmonxonasiga tutash ko‘chalar yopiladi. Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.

Shu kunlarda Istiqlol, Buyuk Turon va Zarafshon ko‘chalarida harakat to‘xtatiladi. Poytaxt hokimligi haydovchilarni aylanma yo‘nalishlardan foydalanishga chaqirdi.

Konsertda Amerikaning The Pussycat Dolls guruhi vokalisti Nikol Sherzinger, fransiyalik dj Willy William, rossiyalik Xcho va rossiyalik Macan hip-hop qo‘shiqchisi, shuningdek, dunyoning 10 mamlakatidan san’atkorlar ishtirok etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdan Samarqand va Andijonga pullik yo‘llar qurish to‘g‘risidagi qarorni imzolagani haqida yozgan edi.

Shuningdek