Restoran va kafelarga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. Bu haqda 30-avgust kuni imzolangan prezident farmonida belgilandi.
Farmonda ta’kidlanishicha, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi hamda bojxona organlari tomonidan soliq organlariga taqdim etiladigan ma’lumotlar tovarlarni eksport qilinganini tasdiqlash uchun yetarli bo‘ladi.
Qayd etilishicha, umumiy ovqatlanish korxonalarida foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilish haqida qoida 2025-yil 1-yanvaridan 2028-yil 1-yanvarigacha amal qiladi.
«Asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi qismlar importiga oid kontraktda ularni yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq etib belgilangan boʻlsa, mazkur operatsiya boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati sifatida kontraktda koʻrsatilgan yetkazib berish muddati e’tirof etiladi», deyiladi prezident farmonida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan faktoring xizmatlari bozorini jadallik bilan rivojlantirishga doir prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edi.