Yangiliklar

Samarqandda Lasetti oziq-ovqat do‘koniga kelib urildi

Tuman IIB JXX YHXB holat bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda
Foto: Samarqand viloyati IIB JXX YHXB

Kattaqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lida joriy yilning 3-sentabr kuni YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, tumanning Mundiyon MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 98-kilometrida haydovchi Lasetti rusumli avtomashinasida yo‘lning qiya burilish joyida katta tezlik bilan oziq-ovqat do‘koniga kelib urilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida do‘kon ichida bo‘lgan bir kishi jarohat olgan hamda tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/09/video_2024-09-04_18-07-52.mp4
Video: @videobormi / telegram kanal

Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumani IIB JXX YHXB dastlabki surishtiruv ishlarini olib bormoqda.  

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida Damas avtomashinasi yonib ketgani haqida xabar bergan edi.