Server Ibragimov kumush medal sohibi bo‘ldi

eʼlon qilindi
Para o‘q otish bo‘yicha
Foto: Paralympic.uz

Parij mezbonlik qilayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan vakilimiz Server Ibragimov kumush medalni qo‘lga kiritib, delegatsiya hisobiga 15-medalni yozdirib qo‘ydi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, para o‘q otish bo‘yicha aralash dasturda 50 metr masofaga kichik kalibrli to‘pponchadan otish bo‘yicha ishtirok etgan hamyurtimiz Server Ibragimov 215.3 ochko jamg‘argan holda 2-o’rinni egalladi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Server Ibragimov bundan avval «Rio – 2016» yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Doniyor Saliyev Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Shuningdek