Toshkentdan Samarqand va Andijongacha pullik yo‘l qachon paydo bo‘ladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda  prezident qaror imzoladi
                    
                            
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish doirasida pullik yo‘llar qurish sanasi e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha avtoyo‘l qurilish ishlari joriy yilda amalga oshiriladi.
Toshkent – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha avtoyo‘lini barpo etish ishlari 2026-yilga belgilangan.
Ushbu loyihalar yirik shaharlar o‘rtasidagi avtomobil qatnovini yaxshilash uchun kamida 1 ming km uzunlikdagi zamonaviy pullik magistrallarni yaratish rejasining bir qismidir.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent – Samarqand pullik yo‘l loyihasiga start berilganini yozgan edi.
