
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish doirasida pullik yo‘llar qurish sanasi e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha avtoyo‘l qurilish ishlari joriy yilda amalga oshiriladi.
Toshkent – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha avtoyo‘lini barpo etish ishlari 2026-yilga belgilangan.
Ushbu loyihalar yirik shaharlar o‘rtasidagi avtomobil qatnovini yaxshilash uchun kamida 1 ming km uzunlikdagi zamonaviy pullik magistrallarni yaratish rejasining bir qismidir.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent – Samarqand pullik yo‘l loyihasiga start berilganini yozgan edi.