Toshkentning bugungi havosi nafas yo‘llari xasta insonlar uchun xavfli

eʼlon qilindi
IQAir platformasi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Telegram / Tashkent_Land

4-sentabr, chorshanba kuni Toshkent atmosferasidagi PM2.5 zarralari miqdori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan me’yordan 7,7 barobar oshib ketdi, deya xabar bermoqda IQAir platformasi.

Unga ko‘ra, poytaxtning bugungi havosi aholining zaif qatlami, xususan, nafas olish tizimi kasalliklari bilan xastalanganlar uchun o‘ta xavfli hisoblanmoqda.

PM2.5 chang, asfalt, avtomobil shinalari va og‘ir metall birikmalari zarrachalaridan iborat. PM2.5 nafas olish tizimi va yurak-qon tomir tizimiga kuchli ta’sir qilish xususiyatiga ega.

Havoning bunday keskin ifloslanishiga o‘quv yili va ish kunlarining boshlanganidan yuzaga kelgan tirbandlik, yo‘l-qatnovi va shaxsiy transportda harakatlanish oqimi ham sabab bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2 sentabr kuni Toshkentdagi havoning ifloslanish darajasi haqida yozgan edi.

Shuningdek