Toshkentda YTHga uchragan Cobalt yonib ketdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        YTH natijasida qurbonlar yo‘qligi aytilmoqda
                    
                            
Toshkentda YTHga uchragan Cobalt rusumli avtomashina butunlay yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yoʻl-transport hodisasi kecha, 3-sentabr kuni soat 21:00 atrofida Mirobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. 22 yoshli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, chiroq ustuniga borib urilgan. Hodisa natijasida avtomobil yonib ketgan.
Tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari yongʻinni tezda bartaraf etgan. YTH natijasida qurbonlar yoʻqligi aytildi. Hozirda hodisa sabablari aniqlanib, yetkazilgan moddiy zarar miqdori hisoblanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida Damas yonib ketgani haqida xabar bergan edi.
