UzAuto Motors Tracker avtomobillarining narxini oshiradi

eʼlon qilindi
Bu Onix rusumli avtomobillarga ham tegishli
Foto: UzAuto Motors

Chevrolet avtomobillari uchun amal qilgan chegirma va bo‘lib to‘lash aksiyasi 15-sentabrda tugaydi. Bu haqda UzAuto Motors xabar berdi. Bu Onix rusumli avtomobillarga ham tegishli.

Ma’lumot uchun, 2024-yilgi modellar uchun chegirmalar iyul oyidan boshlab amal qilmoqda.

Chevrolet Tracker Turbo 1.2 LS AT (1-chi pozitsiya) uchun eng past chegirma narxi 206 422 880 so‘m bo‘lsa, eng baland chegirma narxi Chevrolet Tracker Redline uchun 262 mln 274 ming qilib belgilangan.

Ma’lumot uchun, 29-avgust kuni Chevrolet Tracker uchun bo‘lib to‘lash shartlari sifatida 50 foiz oldindan to‘lov hamda uch yil davomida hech qanday ortiqcha to‘lovlarsiz qilib belgilandi.

Tracker avtomobilini oldinda 60/70 foiz to‘lov qilgan holda 18/24 oylik muddatga, yillik 0 foiz bilan bo‘lib to‘lashga olish mumkin. Shuningdek, Tracker Premier Plus avtomobilini narxi 272 mln. Bo‘lib to‘lash uchun avvaldan 60 foiz, ya’ni 163.2 mln so‘m to‘lov qilgan holda, har oy uchun 4 mln 533 ming so‘mdan 24 oyga olish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Onix narxlari Qozog‘istonda O‘zbekistonga nisbatan arzonroq ekanligi haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek