Ikkita paxta toʻqimachilik klasterlari 3 mlrd soʻmlik asossiz daromad olgan

eʼlon qilindi
Faoliyatda noqonuniy holatlar kuzatilgan
Foto: Agro.uz

Raqobat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyatidagi «Chiroqchi-klaster» MCHJ va «Kitob ip yigiruv» AJlar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilganini aniqladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, klasterlar umumiy 8 ming 310 tonna mahsulotni birja savdolariga chiqarmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotib yuborgan. Shuningdek, mahsulotlar jadvallarini o‘z muddatida birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmagan yoki nomuvofiq hajmda qoʻygan. Birja savdolarini oʻtkazish chogʻida raqobatni cheklaydigan harakatlar sodir etilgan.

Ikkala klaster korxonalar umumiy qiymati 3,2 mlrd soʻmlik daromadni asossiz ravishda o‘zlashtirgan. Shularni hisobga olib, Raqobat qo‘mitasi ushbu klasterlarga nisbatan ish qoʻzgʻatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onaliklarning 4 mlrd so‘m asossiz yozilgan qarzlari qaytarib berilgan edi.

Shuningdek