5-avgust kuni respublikada kechga kelib havo salqinlashadi
eʼlon qilindi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 37-darajagacha

Bugun, 5-avgust kuni respublika bo‘ylab quruq va issiq havo kuzatiladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 37-darajagacha isiydi. O‘rtacha havo harorati 28-33 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Poytaxtda havo bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunduzi havo 33-darajagacha ko‘tarilishi mumkin, kechqurun esa 13-18 daraja salqin havo kuzatiladi.
Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan va bulutli bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo 27-darajagacha issiq, kechasi esa 11-15 daraja salqin bo‘ladi.