Yerga 2024 RW1 asteroidi tushdi – video

eʼlon qilindi
Unga 2024 RW1 nomi berilgan
Foto: video / screenshot

Tinch okeanining janubiy qismiga 2024 RW1 asteroidi tushdi. Bu haqda New Scientist xabar berdi.

Filippin ustida yorqin chaqnash kuzatildi. Bu hodisa mahalliy vaqt bilan 5-sentabr kuni soat 00:45 da (Toshkent vaqti bilan esa, 4-sentabr kuni 21:45) sodir bo‘ldi. Asteroid atmosferada yonib ketdi.

4-sentabr kuni ertalab 08:43 da AQShning Arizona shtatidagi observatoriya mutaxassislari tomonidan bir metr hajmdagi asteroid kuzatildi. Dastlab asteroidga CAQTDL2 nomi berildi, keyinchalik ushbu asteroid 2024 RW1 nomiga o‘zgartirildi. Asteroidning tushish tezligi taxminan soniyasiga 17,6 kilometrni tashkil qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda kosmik obyektning tushishi aks etgan video lavhalar tarqaldi. Ushbu videolar Filippinning shimoliy hududlarida suratga olingan.

Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2204 MK nomli yirik asteroid Yerdan taxminan 300 ming km masofada uchib oʻtgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek