Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi sobiq direktori Husniddin Karimov va yana 48 kishi ustidan sud jarayoni 6-sentabr kunga qoldirildi, deb xabar beradi Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Bugun, 5-sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod sudi Aziz Voitov va bir qancha sudlanuvchilar ustidan soat 15:00 sud jarayoni boshladi.
Sud jarayonida bir necha advokatlar OAV vakillari ishtirok etishiga qarshi bo‘lishdi. Shu sababdan sudya ertangi kunga sud jarayonini qoldirdi.
Sudya jurnalistlarga faqat diktofonga yozish va rasmga olishga ruxsat berdi.
«Tergov organining ayblov xulosasiga koʻra sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 168, 184, 185-2, 189, 205, 206, 28, 209, 209, 211, 228 va 243-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda», deb xabar berdi Oliy sud Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari.