Energetika sohasida umumiy qiymati $36 mlrd 27 gigavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev boschiligida o‘tayotgan videoselektorda ma’lum bo‘ldi.
Kelgusi uch yilda 4150 ta suv hisoblagichni o‘rnatish va 243 ta gaz taqsimlash punktini yangilash rejalashtirilgan. Ko‘p xonadonli va noturar uylarni qurish uchun kabellar, transformatorlar, isitish va sovitish tizimlari, nasoslar va liftlar ham talab etiladi.
Avtomobil sanoatida yiliga $200 mlndan ziyod elektrotexnika mahsulotlari import qilinmoqda.
«Mahalliy mahsulotlar bizni talabga javob bermaydi, import qilishga majburman» — degan bahona endi oʻtmasligini qayd etdi davlat rahbari. Chunki bu tarmoqlarning barchasi davlat tomonidan imtiyoz va arzon mablag‘lar bilan ta’minlanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev davlat tibbiy sug‘urtasi kuzda ishga tushishi aytgani haqida yozgan edi.