Ijtimoiy tarmoqlarda avtohalokatga uchragan avtotreyler videosi tarqaldi. UzAuto Motors ushbu holatga rasmiy munosabat berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 4-sentabr kuni Fargʻona viloyatida soat taxminan 18:00 da yuz bergan. Logistika avtotreyleri haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻldan chiqib ketgan.
YTH natijasida sakkizta Chevrolet Cobalt avtomobili zarar koʻrgani aytilmoqda. Sodir boʻlgan YTHda avtotreyler haydovchisi jarohatlanmagan. Hozirda voqea joyida kompaniya masʼul xodimlari ish olib bormoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan kompaniya Chevrolet avtomobillarini Gruziyaga joʻnatgani haqida xabar bergan edi.