Germaniyaning Myunxen shahridagi Isroil bosh konsulligi yaqinida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda BILD.
Unga ko‘ra, otishma sodir etgan shaxsning maqsadi va jinoyat sabablari hozircha aniqlanmagan. Guvohlarning xabar berishicha, voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan shubhali shaxs yaralangan.
Eslatib o‘tamiz, 1972-yil 5-sentabrda Myunxenda u yerda bo‘lib o‘tgan Yozgi Olimpiada o‘yinlari chog‘ida Falastinning «Qora sentyabr» tashkiloti a’zolari terakt sodir etgan edi. O’shanda 11 nafar isroillik sportchi halok bo’lgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri xonanda Teylor Svift terror tahdidi tufayli Venada bo‘ladigan konsertini bekor qilgani haqida yozgan edi.