Oʻzbekiston dunyodagi eng koʻp uzum eksport qiluvchi davlatlar reytingidan tushib ketdi

eʼlon qilindi
Eksport hajmi bir yilda 8 baravar kamaydi
Foto: mraoraor / depositphotos.com

2023-yil oxirida kelib, Oʻzbekiston uzum eksporti bo‘yicha dunyodagi eng yirik eksportchilari qatoridan chiqib ketdi. Bu haqda EastFruit portali maʼlum qildi.

Unga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston uzum eksporti boʻyicha dunyoda 9-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2023-yilda 20-oʻrindan zoʻrgʻa joy oldi. Shu bilan birga, eksport hajmi bir yilda 8 baravar kamaydi. Bunga mamlakatdagi gʻayritabiiy sovuqlar tufayli katta maydonlarda uzumzorlarning nobud boʻlishi sabab boʻldi.

«Uzumzorlarning yoʻqolishi meva-sabzavot sanoati uchun ogʻir zarba boʻldi, chunki xoʻraki uzumlar mamlakatning asosiy eksporti va Oʻzbekistondagi koʻplab mayda fermerlar uchun eng muhim daromad manbai edi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, yoʻqotishlar nafaqat hoʻl meva eksport sanoatiga, balki quritilgan mevalarga ham taʼsir koʻrsatdi, chunki mayiz (quritilgan uzumlar) ham mamlakat qishloq xoʻjaligining asosiy eksport mahsulotlaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Oʻzbekiston Qatar bozoriga 30 tonna meva-sabzavot yetkazib bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek