OTMlarda kontrakt toʻlovini amalga oshirish muddatlari maʼlum qilindi

eʼlon qilindi
100 foizini to‘lash muddati 2025-yil 1-maygacha etib belgilandi
Foto: depositphotos.com

Oʻzbekistonda 2024/2025-oʻquv yilida OTMlarda toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun kontrakt summasi 2024-yil 15-sentyabrgacha toʻlanishi belgilandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Unga koʻra, belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha belgilandi.

Shuningdek, belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha toʻlash belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda toʻlov-kontrakt miqdorlari 15 foizga oshirildi.

Avvalroq Kursiv O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlarida super-kontrakt miqdori tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek