O‘zbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga tushadi
Bugun, 5-sentabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shimoliy Koreyaga qarshi to‘p suradi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar beradi.
Jahon chempionatining uchinchi bosqichi «Bunyodkor» stadionida soat 19:00 da start oladi.
«Ushbu terma jamoani tahlil qilish qiyin. Suriya va Yaponiya bilan oʻyinlarda har xil tarkib bilan harakat qilgan. Jamoa tartibli, oʻz uslubiga ega. Lekin biz oʻz oʻyinimizga eʼtibor qaratganmiz va ertangi oʻyinga ham nimalarga qodirligimizni maydonda isbotlashimiz kerak»— Shimoliy Koreya jamoasi haqida o‘z fikrini bildirdi milliy jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes.
A-guruhdan joy olgan O‘zbekiston va Shimoliy Koreyadan tashqari Qirg‘iziston, Eron, Qatar va BAA bor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi xalqaro turnir g‘olibiga aylanganini yozgan edi.