O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizga yetkaziladi
O‘zbekistonda bolalarning qariyb 75 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Kuni kecha davlat rahbari respublika bog‘chalari tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan yig‘ilishni o‘tkazdi.
Tadbirda yetti yil avval mamlakatda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizni tashkil etgani ma’lum qilindi. Hozirgi vaqtga kelib, u 74,6 foizgacha o‘sdi.
Keyingi besh yillikda bu ko‘rsatkich 80 foizga yetishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda besh yil ichida (2023-yilgacha) davlat-xususiy sheriklik tizimi doirasida umumiy qiymati 3,7 trln so‘mlik bog‘chalar qurish bo‘yicha shartnomalar tuzilgani haqida yozgan edi.