Temir yo‘l sohasida kelgusida nimalar rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
2026-yilga kelib ko‘plab yangi turdagi vagonlar xarid qilish rejalashtirilgan.
Foto: Behruz Valiyev / Kursiv.uz

Joriy yilning 5-sentabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyat tomonidan 2024-yil oxirigacha hamda kelgusi yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Qayd etilishicha, joriy yil oxiriga kelib yana 28 ta yo‘lovchi vagonlarini xarid qilish hamda 2025–2026-yil oxirida esa, 40 ta yo‘lovchi vagonlarini xarid qilish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari 2025-yilga kelib, ta’mirlash uchun mo‘ljallangan 168 ta vagonlarini 20 tasi ta’mirlanib yo‘lovchi vagonlari soni 338 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 42 dona vagonlar ro‘yxatdan chiqariladi. Joriy yilning oktabr oyida «dizel poyezdi» qatnovga qo‘yilishi ham rejaga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, bir yil davomida 28 ta yo‘lovchi vagonlari xarid qilingan hamda 92 ta yo‘lovchi vagonlarini kapital modernizatsiya qilindi. Bundan tashqari elektron tarzda chipta xarid qilish 36 foizdan 62 foizga ortdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ direktori hamda mas’ul xodimlar tomonidan temir yo‘l chiptalarining narxlari masalasiga oydinlik kiritilgani haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek