“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning daromadi oshdi

eʼlon qilindi
Yarim yil ichida kompaniya 533,1 mlrd so‘m daromad qildi
Foto: Valiyev Behruz / Kursiv.uz

Joriy yilning 5-sentabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ bosh direktori Sharafiddin Kadirov aksiyadorlik jamiyatining daromadi oshgani haqida ma’lumotlar taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, dastlabki 6 oy davomida «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning daromadi 533,1 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 163,3 mlrd so‘mga oshgan.

Foto: Valiyev.B / Kursiv.uz

2024-yilning dastlabki yarim yilligida «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning kunlik o‘rtacha tushum 3,3 mlrd so‘mni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 900 mln so‘mga ortiq.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyiga kelib aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir kunda o‘rtacha 28 ming nafar yo‘lovchi tashishga erishilgan.   

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 24-sentabrdan Toshkent va Moskva oʻrtasida temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek