Samarqandda koʻp qavatli uyning pentxaus qismida basseyn qurilganligi aniqlandi

eʼlon qilindi
Mulkdorga nisbatan maʼmuriy jarima qoʻllanildi
Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

Samarqand shahrida fuqaro koʻp qavatli uyning 10-qavatiga noqonuniy ravishda basseyn qurgani aniqlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, shaharning Soʻgʻdiyona mahallasidagi 67-A sonli uyda yashovchi fuqaro oʻzboshimchalik bilan binoning pentxaus qismida basseyn qurilgan.

Hozirda mulkdorga nisbatan Oʻzbekiston MJtKning 159-moddasiga asosan maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi va noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda noqonuniy qurilgan besh qavatli bino buzib tashlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek