Yangiliklar

«Super» kontrakt boʻyicha tartiblarga o‘zgartirish kiritildi

15-oktabrgacha 100 % to‘lagan abituriyentlarga 10 % chegirma beriladi
Foto: Tolikoff / www.depositphotos.com

Endi abituriyentlar ikkinchidan beshinchigacha ta’lim yoʻnalishlaridan biriga kirgan, ammo birinchisiga kira olmagan bo‘lsalar, birinchi ta’lim yoʻnalishiga «super» kontrakt asosida oʻqishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi ta’lim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.

Shuningdek, tanlagan yoʻnalishlarining hech biriga oʻqishga kira olmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida (birinchi yo‘nalishdan tashqari) tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.

Ma’lumot o‘rnida «super» kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 % miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi.

Super kontraktni 2024-yil 15-oktabrga qadar toʻliq (100 %) toʻlagan abituriyentlarga 10 % chegirma taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, oddiy to‘lov-kontrakt summasini ushbu xabarimizda bilib olishingiz mumkin.