O‘zbekistonda Toncoin kriptovalyutasi savdosi yo‘lga qo‘yildi. Listing UzNex kriptobirjasida boʻlib oʻtdi. Ushbu birja O‘zbekistonda 2019 yildan beri litsenziyaga ega.
UzNex savdo uchun yangi 2.0 platformasini ishga tushirdi va shu bilan birga Toncoin listingini amalga oshirdi. Ushbu kriptovalyuta bilan bir qatorda, endi birjada 15 tanga sotiladi.
Eslatib o’tamiz, avgust oyining uchinchi o’n kunligi Toncoin uchun juda qiyin bo’lgan. Bunga Telegram asoschisi Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishi sabab bo‘lgan. Misol uchun, Kursiv 25 avgust kuni Toncoin $5,63 dan sotilganini yozgan. 5-sentabr kuni soat 12:12 da UzNex’da bir tanga 57 959 so‘m ($4,6)ni tashkil qildi. Bir kun davomida tanga deyarli 0,9% ga arzonlashdi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda kriptovalyuta bilan faqat respublikada litsenziyalangan platformalarda savdo qilish mumkin. Ushbu tartibni buzganlarga nisbatan jazo choralari ko’riladi. Fuqarolar kriptovalyuta bilan noqonuniy savdo qilganliklari uchun sud qilingan bir necha holatlar allaqachon qayd etilgan.
Hozirda O‘zbekistonda ikkita kriptovalyuta birjasi va 10 ta kriptodo‘kon kriptovalyuta savdosi litsenziyasiga ega. Ammo uchta kriptodo’konining litsenziyasi shu yil oxirigacha to’xtatilgan.
Avvalroq Kursiv O‘zbekistonda kriptovalyuta bozori qanday rivojlanayotgani haqida yozgan edi.