Bugun, 6-sentabr kuni respublikaning janubiy hududlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tariladi. O‘rtacha havo harorati 25-30 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo harorati 27- darajagacha ko‘tariladi, kechga kelib havo 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 18-darajagacha isiydi, kechqurun havo 9-14 daraja salqin bo‘ladi.