Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ustidan sud jarayonida jurnalistlarga video, audio va ovoz yozish moslamalaridan foydalanishga ruxsat berilmadi

eʼlon qilindi
Bir necha advokatlar, sudlanuvchilar va prokuror jurnalistlar sud jarayonida ishtirok etishiga qarshilik bildirdi
Rasm: Zohid Qurbonov / Kursiv Uzbekistan

Bugun, 6-sentabr kuni sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va yana 49 nafar sudlanuvchilar ustidan sud jarayoni davom etdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar beradi.

Sud avvalida Mirobod tuman sudi raisi Sardor Sodiqov advokatlar, prokuror va sudlanuvchilardan ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtiroki haqida so‘radi. Bir necha advokat, sudlanuvchi va prokuror jurnalistlarning sudda ishtirok etishiga qarshi chiqdi.

Sud raisi jurnalistlarga video, audio va ovoz yozish moslamalaridan foydalanishga ruxsat bermadi, biroq ularga ruchka yoki qalam bilan yozuvlar qilishni taqiqlamadi. Shundan so‘ng OAV vakillari sud binosini tark etishdi.

Ma‘lumot uchun, sud jarayoni ochiq bo‘lishi e’lon qilingan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Aziz Voitov va boshqa sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining qaysi moddalari bilan ayblanayotganini yozgan edi.

Shuningdek