Dollar deyarli 8 so‘mga arzonlashdi
eʼlon qilindi
Uning narxi 12 700,10 so‘mni tashkil qildi

6-sentabr kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning rasmiy narxi 7,85 so‘mga pasaydi va 12 700,10 so‘mni tashkil qildi.
Moliya institutlari dollarni 12 645 – 12 700 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 730 – 12 770 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5-sentabr kuni dollarning narxi O‘zbekistonda keskin deyarli 60 so‘mga ko‘tarilgan edi.