Linkin Park yana birlashdi
Amerikaning Linkin Park rok-guruhi solist Chester Bennington vafotidan 7 yil o‘tib yana birlashdi, deya xabar berdi «TASS».
Unga ko‘ra, musiqa guruhiga barabanchi Kolin Britten va vokalchi Emili Armstrong qo‘shildi.
Yangilangan rok-guruh muxlislarga The Emptiness Machine qo‘shig‘ini taqdim etdi va 15-noyabr kuni From Zero nomli yangi albomi taqdim etilishini e’lon qildi.
Amerika OAVlari jamoa jahon bo‘ylab tur-konsertlar ham rejalashtirayotgani, biroq uning sanasi hali noma‘lumligi haqida yozmoqda.
Ma’lumot uchun, Linkin Park rok-guruhi 1996-yilda tashkil etilgan. Guruh ikki marta Grammy mukofotiga sazovor bo‘lgan. Albomlarining umumiy tiraji 70 mln nusxadan oshgan. Guruh 2017-yilda solisti Chester Bennington o‘z joniga qasd qilganidan keyin tarqalib ketgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan MOCFEST musiqa festivali Toshkentda qanday o‘tgani haqida yozgan edi.