«Marketplace trading» AJga tegishli Sello Pay jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Ilova reklamasida aksiya shartlari to‘liq oshkor etilmagan
Foto: Sello.uz saytidan qirqib olindi

Raqobat qoʻmitasi «Marketplace trading» AJning Sello Pay ilovasi tashqi reklamasida qonun buzilish holatini aniqladi va jamiyatga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Qo‘mita matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Unga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatining «Sello Pay» – pul oʻtkazmalari uchun «0 %” mazmunidagi reklama joylashtirilgan.

«Marketplace trading» AJning veb-saytida «Sello Pay» ilovasidagi pul oʻtkazmalari boʻyicha aksiya 2024-yil 1-iyuldan deyilgan. Aksiya identifikatsiyadan oʻtgan barcha uchun ilk uch oy amal qilishi, oyiga 3 mln miqdoridagi komissiyasiz limit, undan keyingi o‘tkazmalar uchun 1% komissiya olinishi qayd etilgan. Ammo, e’lon qilingan reklama ushbu muhim shartlarni qamrab olmagan.

Shularni hisobga olib, Qo‘mita «Marketplace trading» AJga nisbatan ish qoʻzgʻatdi va moliyaviy jarima chorasini qoʻlladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Namangan suv ta’minoti» qonunni buzgan holda 167 ta tender o‘tkazgan edi.

Shuningdek