Yangiliklar

Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasi bilan innovatsion loyihalarni muhokama qildi

Mamlakat vakillari qabul qilindi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Xitoy delegatsiyasiga Tyanszin partiya qo‘mitasi kotibi Chen Miner boshchilik qildi.

Mirziyoyev va Miner O‘zbekistonning Tyanszin kompaniyalari bilan kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Qishloq xo‘jaligi, energetika, qurilish, sanoat, savdo, farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar ishtirokchilari ta’lim, madaniyat va innovatsiya almashinuvi dasturlarini hayotga tatbiq etish muhimligini ta’kidladilar.

Kursiv Uzbekistan avgust oyi oxirida Xitoydan Toshkent viloyatiga konteyner poyezdlari qatnay boshlaganini yozgan edi.