Yangiliklar

O‘zbekiston budjeti daromadlari olti oyda 120 trln so‘mdan oshdi

12 oy ichida 18 foizdan ko‘proqqa o‘sdi
Rasm: Skorzewiak/Depositphotos

2024-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston budjeti daromadlari 121 trln so‘mni, xarajatlari 149,8 trln so‘mni tashkil etdi. Ikkala ko‘rsatkich o‘tgan yilgi ma’lumotlarga nisbatan oshgan, deb xabar qilinadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saytida.

Xususan, 2023-yilning yanvar–iyun oylariga nisbatan budjet daromadlari 18,3 foizga oshgan. Xarajatlar 16 foizga oshdi.

Respublika parlamenti quyi palatasi soliq tushumlarining deyarli barcha turlari bo‘yicha rejalar bajarilganini ta’kidladi. Tarkibda «boshqa daromadlar» ulushi 19,5 foizga teng.

Kursiv Uzbekistan 2024-yilning yanvar–iyul oylarida o‘zbek umumiy ovqatlanish korxonalari 750,2 mlrd so‘m soliq to‘laganini yozgan edi.