Yangiliklar

O‘zbekiston gaz qazib olish hajmining pasayishi tufayli 104 mlrd so‘mlik soliq tushumini yo‘qotdi

Bu haqda DSQ rahbari o‘rinbosari ma’lum qildi
Rasm: Andrey Rudakov / Bloomberg

2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda gaz qazib olish qisqargani va uning importi ko‘paygani sababli bilvosita soliqlar tushumi kamaydi, deb xabar berdi Soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev.

O‘zbekiston 1 ming kub metr gaz uchun $160 narxida 5,2 mlrd kub metr gaz import qilgan. Shu bilan birga, gaz importiga aksiz solig‘i stavkasi 0 foiz bo‘lganligi sababli budjetga 1,3 trln so‘m to‘lanmagan.

Mamlakatda gaz qazib olish ham qisqardi: olti oyda 13,7 mlrd kub metr gaz qazib olindi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,4 mlrd kub metrga kam. Natijada aksiz yig‘imlari 104 mlrd so‘mga qisqardi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/09/img_8494.mov

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xabar berganidek, O‘zbekiston aholisining yiliga 1 mln kishiga o‘sish sur’ati tufayli Rossiya gaziga ehtiyoj sezmoqda. Bu fikrni Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin bildirgan edi.