Yangiliklar

O‘zbekistonning davlat qarzi $37 mlrdga yetdi

2024-yil oxirigacha davlat qarzi YAIMga nisbatan 37 foiz bo‘lishi kutilmoqda
Foto: Oliy Majlis qonunchilik palatasi

2024-yilning dastlabki olti oylida O‘zbekistonning davlat qarz $37 mlrdga yetdi. Bu haqda 5-sentabr kuni o‘tkazilgan parlament yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, joriy yilning dastlabki olti oyida mamlakat qarzi yalpi ichki mahsulotning (YAIM) 33 foiziga teng bo‘lgan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha 2024-yil oxirigacha davlatning qarzi YAIMga nisbatan 37 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, 2025-yilga kelib mamlakat qarzi $125 mlrddan oshishi taxmin qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan rivojlangan mamlakatlarning davlat qarzi ikki baravardan ortiq oshgani haqida xabar bergan edi.