Telegram messenjeri rahbari Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan beri ilk bor o‘zi tushib qolgan vaziyat haqida fikr bildirdi. U o‘ziga qarshi qo‘yilgan ayblovlarni ajablanarli deb baholadi. Tadbirkorning to‘liq bayonoti uning Telegram kanalida e’lon qilingan.
Tadbirkor to‘rt kun davomida so‘roqqa tutilganini ma’lum qildi. Telegram rahbari xizmat asoschisining uchinchi shaxslarning jinoyatlari uchun qamoqqa olinishi vaziyatini xato yondashuv deb hisoblamoqda. Uning fikricha, bu innovatorlarning g‘oyalarni rivojlantirishiga to‘sqinlik qiladi.
Durov o‘z pozitsiyasini Telegramning Yevropa Ittifoqida so‘rovlarga javob beradigan rasmiy vakili borligi bilan asosladi. Bundan tashqari, rasmiylarda messenjer rahbari bilan shaxsan bog‘lanishning «ko‘p usullari» bor edi.
Durovning qo‘shimcha qilishicha, messenjer o‘zining ishlash tamoyillari mos kelmagan bozorlarni tark etishga tayyor. Misol tariqasida u Rossiya va Eronni keltirdi. Shu bilan birga, platforma rahbari Telegram «anarxik jannat» degan fikrni rad etdi va kunlik moderatsiya haqida gapirdi.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon davom ettiriladi va yaxshilanadi, chunki Telegram jamoasi qilingan ishlar yetarli emasligini tushundi.
«Telegram foydalanuvchilari sonining keskin o‘sishi 950 millionga etgani jinoyatchilarning bizning platformamizni suiiste’mol qilishini osonlashtirgan og‘riqlarni keltirib chiqardi», deb tushuntirdi Durov.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram yopilsa, O‘zbekiston aholisi nima qilishi haqida yozgan edi.