Yangiliklar

Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston chegarasidagi “Qorasuv” nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi

“Do‘stlik avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punktiga yuklamalar kamayadi
Foto: Turmush.kg

Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston chegarasidagi «Qorasuv» NO‘P ochiladi, rekonstruksiya ishlari yakuniga yetdi. Bu haqda Turmush.kg nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, rekonstruksiya ishlari doirasida ushbu punktgacha bo‘lgan yo‘llar kengaytirilgan. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, nazorat-o‘tkazish punkti ochilishga tayyor. Ikki mamlakat fuqarolari ushbu punkt orqali davlat chegaralarini kesib o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘sh viloyatidagi vakolatli Elchibek Jantayev fikriga ko‘ra, «Qorasuv» nazorat-o‘tkazish punkti foydalanishga topshirilsa, «Do‘stlik avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktiga yuklamalar kamayadi. Shu bilan birga ikki mamlakat chegarasida joylashgan «Intimak» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida tiklanayotgan ko‘prik ko‘zdan kechirildi.

«Qorasuv» NO‘P 14 yil avval yopilgan edi, «Intimak» nazorat-o‘tkazish punkti esa, 10 yil oldin (2004-yil) yopilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasidagi tirbandliklarga nazorat oʻtkazish punktidagi yoʻllarning modernizatsiya qilingani sabab boʻlgani haqida xabar bergan edi.