Safiya Burxanova O‘zbekiston hisobiga oltinchi kumush medalni olib berdi

eʼlon qilindi
Yadro uloqtirish bo‘yicha
Foto: Paralympic.uz

«Parij – 2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi bahslarida vakilimiz Safiya Burxanova kumush medal sohibasi bo‘ldi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida «F12» klassida yadro uloqtirish bellashuvida hamyurtimiz Safiya Burxanova 14.12 metr natija ko‘rsatib, delegatsiyamizga oltinchi kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Safiya Burxanova bundan avval «Rio – 2016» Paralimpiya o‘yinlarida kumush va «Tokio – 2020» Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylangan edi.

Shuningdek