Saylovlarda «oilaviy» ovoz berish holatlarining oldini olish choralari belgilandi

eʼlon qilindi
Fuqarolarning teng ovoz berish huquqlari mustahkamlanmoqda
Foto: vladek / depositphotos.com

Oʻzbekistonda saylovlarda «oilaviy» ovoz berish holatlarining oldini olish choralari belgilandi.

Qonunga koʻra, endilikda fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berganliklari uchun javobgarlik belgilanib, fuqarolarning teng ovoz berish huquqlari mustahkamlanmoqda.

Saylov yoki referendum komissiyasi a’zosi tomonidan fuqarolarga bir qancha yoki boshqa fuqarolar nomidan ovoz berish BHMning bir baravarigacha jarimani nazarda tutuvchi qoʻshimchalar qoʻshildi.

Shu bilan bir qatorda, siyosiy partiyaning Markaziy saylov komissiyasiga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari toʻgʻrisida oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmasligi yoki hisobotda bila turib yolgʻon ma’lumotlar berishi BHMning besh baravaridan 10 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat deputatlar saylovini oʻtkazish uchun 39 davlatda saylov uchastkalarini ochishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek