Senat: O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekiston hamda AQSH tashqi savdo aylanmasi yetti oy ichida 65,8 foizga o‘sgan
Foto: Senat matbuot xizmati

O‘zbekiston va AQSh savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi, hozirgi bosqichda esa ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Ushbu mavzularni O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva va AQShning O‘zRdagi elchisi Jonatan Xenik muhokama qildi, deb xabar qildi parlament yuqori palatasi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ikki mamlakat o‘rtasida ko‘p tomonlama aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ma’lum qilindi.

Jonatan Xenik bilan ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, tadbirkor ayollar o‘rtasida doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda barqaror investitsiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish, Jahon savdo tashkilotlariga a’zo bo‘lish jarayonlari yuzasidan fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tgan.

Qayd etish kerakki, AQSh Oʻzbekistonning yetakchi oʻnta savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Joriy yilning yanvar–iyul oylarida tashqi savdo aylanmasi hajmi $533,3 mlnni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yili $321,6 mlnni tashkil qilgan. Savdo aylanmasi 2023-yilning mos davriga nisbatan 65,8 foizga yoki $211,7 mlnga o‘sgan.   

Shuningdek