TBC Bankning O‘zbekistondagi sobiq bosh direktori Ipoteka-bankga o‘tdi
eʼlon qilindi
Unga moliyaviy operatsiyalarni optimallashtirish vazifasi yuklatildi
Sandro Rtveladze Ipoteka banki bosh direktori etib tayinlandi, deya xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati. Oldin u TBC Bankda xuddi shunday lavozimda ishlagan edi.
Ipoteka bankida Rtveladze raqamli imkoniyatlarni yaxshilash va moliyaviy operatsiyalarni optimallashtirish ustida faoliyat olib boradi.
Rtveladze, shuningdek, Rossiyadagi OTP Bank va Afrika mamlakatlaridagi qator moliya institutlarida ishlab, tajriba orttirgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning yanvar-mart oylari uchun Ipoteka banki foydasi kamaygani haqida yozgan edi.