Tolibboy Yo‘ldashev Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi
eʼlon qilindi
Disk uloqtirish bo‘yicha
Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan atletimiz Tolibboy Yo‘ldoshev O‘zbekiston hisobiga to‘qqizinchi oltin medalni yozdirib qo‘ydi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida final bahsi ishtirok etgan hamyurtimiz Tolibboy Yo‘ldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Ushbu dasturda qatnashgan yana bir vakilmiz Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev esa 46.79 metr natija bilan 9-o‘rinni band etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylangan edi.