Yangiliklar

Toshkent havosi JSST tavsiyasidan o‘n baravar yomonlashdi

IQAir platformasi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Unsplash

IQAir platformasi ma’lumotlariga koʻra, 6-sentabr, juma kuni Toshkent havosidagi zararli PM2.5 moddalari Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan darajadan 10,6 baravarga oshib ketgan.

Eslatib oʻtamiz, PM2.5 avtomobil shinalari zarralari, asfaltning mayda boʻlaklari va metall birikmalaridir. PM2.5 nafas yo‘llariga kirib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Avvalroq «Kursiv» nashri 5-sentabr kuni Toshkentdagi havoning ifloslanish darajasi haqida yozgan edi.