Uchqun Quronboyevda bronza medali!

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Para dzyudo bo‘yicha
Foto: Paralympic.uz

«Parij – 2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan yana bir sportchimiz Uchqun Quronboyev bronza medali sohibi bo‘ldi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -73 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan vakilimiz Uchqun Quronboyev bronza medal uchun kechgan bellashuvda Kim Dongunga qarshi tatamiga chiqdi va g‘alabaga erishib, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylangan edi.

Shuningdek