Dovurxon Karomatov Paralimpiya oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdi

eʼlon qilindi
U Oʻzbekiston hisobiga yettinchi bronza medalni taqdim qildi
Foto: Milliy paralimpiya qo’mitasi

Dovurxon Karomatov Paralimpiya oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy paralimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

Para dzyudo boʻyicha erkaklar oʻrtasida J2 klassida -90 kg vazn toifasida bronza medal uchun tatamiga chiqqan Dovurxon Karomatov gruziyalik Lasha Kizilashvilini magʻlubiyatga uchratdi va Oʻzbekiston hisobiga yettinchi bronza medalni taqdim qildi.

Maʼlumot uchun, Dovurxon Karomatov Tokioda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarda kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Roʻza Kuziyeva Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi kumush medalni keltirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek