Nurxon Qurbonova jahon rekordini oʻrnatib, Paralimpiya oltin medalini qoʻlga kiritdi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston hisobiga 10-oltin medalni taqdim etdi
Foto: Paralympic.uz

Nurxon Qurbonova jahon rekordini oʻrnatib, Paralimpiya oltin medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Paralimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

Para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida «F54» klassida nayza uloqtirish dasturida Nurxon Qurbonova 21,12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va Oʻzbekiston hisobiga 10-oltin medalni taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, «F54» klassida nayza uloqtirish boʻyicha amaldagi jahon rekordi ham aynan Nurxon Qurbonovaning oʻziga tegishli edi. U joriy yil Yaponiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 20,73 metr natija bilan jahon rekordini yangilashga muvaffaq boʻlgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya oʻyinlarining kumush medaliga sazovor boʻlgani haqida xabar berdi.

Shuningdek