Yangiliklar

Qancha Oʻzbekiston fuqarosi internetdan foydalanayotgani ochiqlandi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,5 foizga oshgan
Foto: rawpixel / Depositphotos.com

Oʻzbekistonda 2024-yilning 1-yanvar holatiga, internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,5 foizga oshgan. Hududlar orasida internet tarmogʻiga ulanganlar eng koʻp abonentlar Toshkent shahrida – 6,3 mln boʻlsa, eng kam abonentlar soni Sirdaryo viloyatida 0,7 mlnni tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil iyul oyida Oʻzbekiston dunyodagi mobil internet tezligi reytingida 74-oʻrinni egalladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻistonda internetdagi firibgarlik orqali koʻrilgan zarar $14,6 milliongacha oshgani haqida xabar bergan edi.