Roʻza Kuziyeva Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi kumush medalni keltirdi

eʼlon qilindi
U O‘zbekiston hisobiga 9-kumush medalni qo‘shib qo‘ydi
Foto: Milliy paralimpiya qo’mitasi

Roʻza Kuziyeva Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi kumush medalni keltirdi. Bu haqda Milliy paralimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

Para pauerlifting boʻyicha ayollar oʻrtasida -73 kg vazn toifasida Roʻza Kuziyeva 147 kg natija qayd etgan holda Oʻzbekiston hisobiga 9-kumush medalni qoʻshib qoʻydi.

Ma’lumot uchun, Roʻza Kuziyeva bundan avval Tokioda boʻlib oʻtgan XVI Paralimpiya oʻyinlarida ham kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 10 ta oltin, 9 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nurxon Qurbonova jahon rekordini oʻrnatib, Paralimpiya oltin medalini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek