Yangiliklar

Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya oʻyinlarining kumush medaliga sazovor boʻldi

U O‘zbekiston delegatsiyasiga 23-medalni taqdim qildi
Foto: Paralympic.uz

O‘zbekistonlik Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya oʻyinlarining kumush medaliga sazovor boʻldi. Bu haqda Paralimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

Yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida «F46» klassida nayza uloqtirish dasturida Shahina Yigitaliyeva 43.12 metr natija bilan Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi kumush medalni taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston delegatsiyasi oltinchi sentabr kungi bahslardan keyin medallar jamg‘arish bo‘yicha 12-o‘rindan joy olib turibdi. Hozircha delegatsiya hisobida to‘qqizta oltin, sakkizta kumush va oltita bronza medali bor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uchqun Quronboyev Oʻzbekistonga navbatdagi bronza medalini taqdim qilgani haqida xabar bergan edi.