Telegram Premium obunachilari soni 10 million kishiga yetdi – Pavel Durov
Telegram Premium obunasidan 10 million kishi foydalanmoqda. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov Telegram kanalida ma’lum qildi.
Durovning ta’kidlashicha, messenjerdan foydalanuvchilar orasida ommalashmagan «Yaqin atrofdagi odamlar» funksiyasi olib tashlangan. Undan 0,1 foizdan kam odam foydalangan.
Buning oʻrniga Telegramda tasdiqlangan kompaniyalar va toʻlovlarni qabul qilish imkoniyatini koʻrsatish uchun «Yaqin atrofdagi biznes» funksiyasi paydo boʻladi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Telegraph blog yaratish xizmatida yangi media fayllarni yuklab olish imkoniyati oʻchirib qoʻyilgan.
«Telegram foydalanuvchilarining 99,999 foizi jinoiy faoliyatga aloqasi yoʻq boʻlsa-da, 0,001 foiz noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanganlar butun platforma uchun salbiy imij hosil qilib, milliardga yaqin foydalanuvchilarimiz manfaatlarini xavf ostiga qoʻymoqda», dedi u.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram foydalanuvchilari soni 950 mlnga yetgani haqida xabar bergan edi.