Toshkent metropolitenida metall detektorlar oʻrnatilmoqda

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Uskunalar har bir bekatda bo‘ladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent metropolitenida maxsus metall detektorlar oʻrnatila boshlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uskunalarni oʻrnatish stansiyalarda yoʻlovchilar xavfsizligini ta’minlash bilan bogʻliq. Ish qachon yakunlanishi hozircha noma’lum. Uskunalar har bir bekatda boʻladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent metrosida yopiq foyelarni rekonstruksiya qilish boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek